Ushbu monografiyada jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda
raqamli ochiq manbalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish masalasi
o‘rganiladi. Natijalar raqamli ochiq manbalar va ijtimoiy tarmoqlarning
tergov jarayonida huquqni muhofaza qilish organlariga yordam berish
imkoniyatlarini ko‘rsatadi va ushbu texnologiyalardan axloqiylik va
maxfiylik qoidalariga amal qilgan holda foydalanishni ta'minlash uchun
himoya choralarini joriy etish muhimligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari
raqamli ochiq manbalar va ijtimoiy tarmoqlardan tergov jarayonida
foydalanish bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribalari ham o‘rganilgan va
ular asosida, nazariy va amaliy takliflar taqdim etilgan.